среда, 26 июня 2013 г.

Bir piyola ko'k choy...

Bugun dunyoni qaysi davlatiga bormang o’zbek millatiga mansub kishilarni topasiz. Mustaqillikdan keyin biz dunyoga ochildik, endi fuqarolarimiz xuddi boshqa millatlar kabi dunyo bo’ylab erkin harakatlana boshladilar, globalizatsiya jarayoniga biz ham kirib ketdik. Kimdir oila boqish uchun, yana kimdir bo’lsa chet elga borib biroz pul ishlab kelib uy quraman, uy olaman yoki to’y qilaman degan niyatda, yana kimdir ishsizlikdan yoki iqtisodiy muammolar tufayli vatanni tark etayotgan bo’lsa, o’zbeklarning qolgan bir qismi yoki tijorat yoki o’qish maqsadida dunyoning turli davlatlariga chiqib ketyapti. Hammaning hayot yo’li har xil, hammada har xil muammo, hamma o’zi bilan o’zi ovora. Lekin, bilasizmi hammamizni bir narsa birlashtirib turadi.
O’zbekistonday quyoshli yurtni tark etgan har bir o’zbek borki bugun qalbida “vatan sog’inchi” bilan yashaydi. O'quvchilik yillarimizda ona tili yoki tarix darsliklarida vatan sog’inchi haqida o’qiganimizda yoki o’qituvchilarimiz bizga bu haqida gapirib berganlarida hammasi havoyi gaplardek tuyilardi. U vaqtda ko’zimizga chetga chiqish, dunyo kezish eng katta baxt bo’lib tuyilardi. Mana oradan yillar o’tib men Fransiyada, qolgan sinfdoshlarimning ko’p qismi Qozog’iston, Rossiya, Ukrainada, do’stlarimdan yana kimdir Janubiy Koreya, Angliya, Germaniya, AQSH kabi davlatlarda musofirchilikning nonini tatib yuribdi. Xalqimizda “Musofir bo’lmaguncha musulmon bo’lolmiysan” degan gap bor. Vatanni tak etganimizga hech qancha bo’lmasdan turib birinchi his qilgan narsalarimdan biri “vatan so’ginchi’ bo’ldi.
Bahaybat universitetdagi dabdabali sharoit, go’zal shahar va talabalar uchun yaratilgan ko’plab sharoitlarga qaramasdan odamga nimadir yetishmaydi, u o’zini qulay his qilmaydi. Shundagina bir narsani tushundim. Fransiya qanchalik go’zal mamlakat bo’lmasin, Parij qanchalik buyuk shaxar bo’lmasin, u biz uchun vatan bo'lolmaydi. O’sha Eyfel minorasi ham bizdagi “Minorai Kalon”ni o’rnini bosolmaydi. Biz uchun u Eyfel, u Luvr begona. Bundagi go’zallikdan bahra olishimiz, uni his qilishimiz mumkin, lekin faxrlana olmaymiz chunki u “o’zimizniki” emas. Bizda o’zimizni Registon-u Poyi Kalon bor. Atlantika okeanini suvlariga miriqib cho’milib turib xoxlasam yoki xoxlasam Toshkent anhorida cho’milib yurgan talabalik davrlarimni eslab qolaman.
Kecha dam olish kunida vatan sog’inchini his qilib internetdagi yangi saytlardan birida eski kinolarimizdan birini topib ko’ra boshladim. Kinoda qari bir otaxon paxta gulli choynakdan ko’k choyni uch marta qaytarib keyin sekin mehmonga uzatdi. Mehmonning ham rohat bilan choyni xo’pqarganini ko’rib ishtaham ochilib ketdi. Bilasizmi, choy hamma joyda oddiy ichimlik, lekin bizda emas. Choy bizda qandaydir bir ijtimoiy hodisaga aylanib bo’lgan. Ushbu jarayonni ko’rib turib choy ichkim kelib ketdi. Fransiyada choy yo’q emas! Ishxonamda, restoranda, kafeda choyning paketchalarda ming xili desam yolg’on bo’laru, lekin kamida 30 xilini keltirib qo’yishgan. Ulardan har kuni olib ichaman. Lekin, bu o’zimizni bozorda kilolab sotiladigan ko’k choy emas. E’tibor berganmisiz, sifatli ko’k choyni olib, gazda o’ziz qaynatgan suvda paxta gulli choynakda damlab, keyin uni uch marta qaytarish qanday maroqli jarayon. Besh daqiqa damlab qo’ygandan keyin piyolaga quyib bir hovuch qora mag’iz bilan zavq qilib xo’plaganga nima yetsin?!
Birdan alamim qo’zg’ab ketdi, bo’g’zimga nimadir tiqildi. Erta tongdanoq velosipedni oldimda supermarketga qarab ketdim. Strasburg Germaniyaga yaqin bo’lgani uchunmi yoki boshqa sababdanmi u yerda turklar ko’p. Turklar bu yerda mustahkam joylashib olib shaharda bir necha supermarket va mini marketlar ochishgan. Qardosh millat emasmi, ularda o’zimizda tanavvul qilinadigan ko’plab narsalarni topish mumkin, ularda  bir necha marotaba oddiy ko’k choy ham sotib olgandim.  Lekin, hozir ishlab turgan Poitou Charentes ragionida turklar unchalik ham ko’p emas va ularning supermarketlarini bu yerda hali ko’rmadim.  Bu yerda supermarketda topaman degan umidda soat 10-00 da supermarket ochiladigan vaqtga yetib bordim. Afsuski topa olmadim! Velosipedimni olib boshqa do’konlardan qidira boshladim va nihoyat xitoyliklarning do’konidan haqiqiy ko’kchoy topildi. Xursand bo’lib shoshib uyga qaytdim.
O’tgan safar O’zbekistondagi tanishlardan paxta gulli choynak va piyola olib kelishni iltimos qilgandim. Fransuz shokolati va paxta gulli choynakda damlangan choyni piyolaga quyib haqiqiy o’zbek kabi mazza qilib xo’play boshladim. Kechagi qariyani eslab bobomning ko’k choyni ho’plab ichishlari, u jarayon hamma detallari bilan ko’z o’ngimdan o’tdi. O’tirib o’ylab qoldim. Do’ppim bo’lmasada xuddi “do’ppini bir yonga qo’yib” deganlaridek boshimni changallab qo’ydim va choy biz uchun nima degan savolni bera boshladim.
Bilasizmi, choy dunyoning hamma davlatida oddiy ichimlik bo’lishi mumkin, lekin bizda emas. Choy bizda insonlarni birlashtiradigan, birdamlikka undaydigan qandaydir bir ijtimoiy hodisaga aylanib ulgurgan. E’tibor berganmisiz?! Bizda muxim ishlar “bir payola choy” atrofida bitadi. Uyga kelgan mehmonga ham birinchi navbatda choy taklif qilamiz. Dunyoning hamma joyida ichimlik ichadigan yoki biroz tanavvul qiladigan joy “kafe” den nomlanishi mumkin, lekin bizda bu ota-bobomizdan beri “choyxona” deb nomlanib kelgan. Dunyoda hali biror millat “ovqatlanmoq” fe’lini o’rniga “choy ichmoq” degan fe’lni ishlatmaydi. Bizda shunaqa, borib xoxlagan bir kishiga aytingchi “choy ichamizmi” deb, u albatta bu gapdan ovqatlanish degan ma’noni qidiradi chunki o’zbek hech qachon choysiz ovqatlanmaydi. 50 gradus jaziramada ham, qishning qahratonida ham doimo choy ichamiz.
Asrlar davomida bizda choyxonalar siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolar muxokama qilinadigan, xalq to’planadigan, odamlar fikr almashadigan joy bo’lib kelgan. Bugun hamma shaharlarimizda yangi-yangi kafelar qurilayotgan bo’lsa ham, lekin choyxonalar baribir o’z o’rnini yo’qatgani yo’q…
Bizda hatto san’at ham choy mavzusiga albatta tegib o’tgan. O’ylab o’tirib shu zahotiyoq internetdan Yalla guruhining eng mashhur qo’shig’i “Chayxana”  va DJ Piliggrimning “Ko’k choy” qo’shiqlarini ko’chirib oldim. Yalla guruhining qo’shig’idagi har bir iborani o’ziyoq bizni jamiyatdagi choyni o’rni haqida ajoyib xulosa bo’la oladi:

   Наливай чайханщик чаю
   Вместо крепкого вина
   Я вам музыку сыграю
   Здесь всем нравится она
    
   На Востоке на Востоке
   Что за небо без луны
   На Востоке на Востоке
   Что за жизнь без чайханы
   Что за жизнь без чайханы
    
   Пиала идет по кругу
   Аксакалы смотрят в мир
   Рады гостю рады другу
   Здесь застолье но не пир
    
   На Востоке на Востоке
   Что за небо без луны
   На Востоке на Востоке
   Что за жизнь без чайханы
    
   На Востоке на Востоке
   Что за небо без луны
   На Востоке на Востоке
   Что за жизнь без чайханы
    
   Хоть бывает здесь и тесно
   Чайхана не чудо-рай
   Чтобы песня стала песней
   С нами вместе напевай
    
   Чай-ха-на-ха-на чай
   Чай-ха-на-ха-на чай
   Чай-ха-на-ха-на чай
   Чай-ха-на-ха-на чай
   На Востоке на Востоке
   Что за жизнь без чайханы
    
   На Востоке на Востоке
   Что за небо без луны
   На Востоке на Востоке
   что за жизнь без чайханы
   Что за жизнь без чайханы



2 комментария:

  1. гап йук сенга дустим ишларинга омад

    ОтветитьУдалить
  2. Do'stlar, Dunyoda eng mazali choylardan biri bu - Afrikaning Keniya davlatida yetishtiradigan choy hisoblanadi.
    Hozir, O'zbekistonga ham yetib kelmoqda
    ASMAN qora choyi deyiladi. www.asman.uz saytidan ko'rish mumkin
    (+998 71 )236-21-52
    (+998 90 ) 320-69-61

    ОтветитьУдалить